KO‘P FOYDALANUVCHILI VIRTUAL BORLIQ TIZIMLARIDA USTUVORLASHTIRISH BILAN INTEGRATSIYALANGAN HOLAT KOMPENSATSIYASI: 6DoF OG‘ISH O‘LCHOVI VA VIZUAL SAKRASH XATOSINING NAZARIY BAHOLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada heterogen tarmoq sharoitida ishlovchi ko‘p foydalanuvchili virtual borliq (VR) tizimlarida bashoratli ekstrapolyatsiya (dead reckoning) asosidagi holat kompensatsiyasini ma’lumot uzatish ustuvorligi bilan birgalikda modellashtirish masalasi qaralgan. Pozitsiya va kvaternion ko‘rinishidagi aylanishni qamrab oluvchi 6DoF og‘ish o‘lchovi, og‘ishni o‘z ichiga olgan ustuvorlik funksiyasi, yuborish oralig‘i hamda qabul qiluvchi tomondagi holat kelishuvi sxemalari rasmiylashtirilgan. Chegaralangan tezlanish farazida ekstrapolyatsiya xatosi ma’lumot yoshining kvadratiga mutanosib ekani, aylanish uchun Grönwall tengsizligiga asoslangan yuqori baho, paket yo‘qotishini hisobga olgan holda ma’lumot yoshi chegarasi va og‘ish hadi kiritilganda xatoning o‘z-o‘zini cheklash xossasi isbotlangan. Holat kelishuvining keng tarqalgan «to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvish» shakli doimiy kechikish beradi; siljishni so‘ndirish sxemasi esa uni yo‘qotadi va vizual sakrashni chegaralaydi. Statik vaznlarda sekin ulanishli foydalanuvchi ikki karra noqulay holatga tushishi ko‘rsatilgan. Natijalar sonli misolda tasvirlangan; eksperimental baholash keyingi ishlarda bajariladi.