Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA ILMIY-MASLAHAT XIZMATLARINI RAQAMLI PLATFORMA ASOSIDA TASHKIL ETISH

Nafisa NorboevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Raqamli iqtisodiyot va axborot xavfsizligi" kafedrasi dotsenti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Zamonaviy universitet faoliyatida ilmiy natijalarni amaliyotga yoʻnaltirish, real sektor subyektlariga ekspert koʻmagi koʻrsatish va ilmiy salohiyatdan iqtisodiy qiymat yaratishda foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, ilmiy-maslahat xizmatlarini tashkil etishda buyurtmachilar bilan ishlash, mutaxassislarni jalb qilish, shartnomalarni rasmiylashtirish, loyiha ijrosini nazorat qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va natijalarni baholashning turli vositalar orqali yuritilishi boshqaruvning yaxlitligini susaytiradi. Maqolada mazkur jarayonlarni oʻzaro bogʻlangan raqamli muhitda tashkil etishga qaratilgan platformaviy yechim taklif etiladi. Tadqiqot doirasida tizimli va qiyosiy tahlil, biznes-jarayonlarni modellashtirish, ekspert baholash hamda iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilish usullaridan foydalanilgan. Taklif etilgan yechim buyurtmadan yakuniy baholashgacha boʻlgan bosqichlarni yagona boshqaruv tizimida muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Hisob-kitob natijalariga koʻra, bunday yondashuv xizmat koʻrsatish muddatini qisqartirish, tranzaksion xarajatlarni kamaytirish, monitoring tezkorligi va mijozlar qoniqishini oshirish imkonini beradi. EN In modern university activities, the practical application of research results, the provision of expert support to real-sector entities, and the use of academic potential to create economic value are becoming increasingly important. At the same time, the fragmented use of different tools for working with clients, engaging specialists, formalizing contracts, monitoring project implementation, conducting settlements, and evaluating results weakens the integrity of the management process. This article proposes a platform-based solution aimed at organizing these processes within an interconnected digital environment. The study employs systemic and comparative analysis, business process modeling, expert assessment, and analysis of economic efficiency indicators. The proposed solution provides for coordinating all stages, from receiving an order to final evaluation, within a unified management system. According to the calculations, this approach can reduce service delivery time and transaction costs while improving monitoring efficiency and customer satisfaction. RU В деятельности современного университета всё более важное значение приобретают практическое применение научных результатов, оказание экспертной поддержки субъектам реального сектора и использование научного потенциала для создания экономической ценности. Вместе с тем использование различных инструментов при работе с заказчиками, привлечении специалистов, оформлении договоров, контроле реализации проектов, проведении расчётов и оценке результатов снижает целостность управления. В статье предлагается платформенное решение, направленное на организацию данных процессов в рамках взаимосвязанной цифровой среды. В исследовании использованы методы системного и сравнительного анализа, моделирования бизнеспроцессов, экспертной оценки и анализа показателей экономической эффективности. Предлагаемое решение предусматривает координацию всех этапов — от получения заказа до итоговой оценки — в рамках единой системы управления. Согласно результатам расчётов, данный подход позволяет сократить сроки оказания услуг и транзакционные издержки, а также повысить оперативность мониторинга и удовлетворённость заказчиков.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba