SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA YUQUMLI KASALLIKLARGA CHALINGAN BEMORLARGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATISHNI TASHKIL ETISHNI BAHOLASH VA TAHLIL QILISH HAMDA INTELLEKTUAL ANALITIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada sog‘liqni saqlash tizimida yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va intellektual analitik texnologiyalarni joriy etish masalalari o‘rganilgan. Yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni o‘z vaqtida saralash, diagnostika va davolash jarayonlarini muvofiqlashtirish, infeksiya nazorati hamda epidemiologik kuzatuvni takomillashtirish tibbiy xizmat sifatining muhim tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish, katta ma’lumotlar tahlili va prognozlash texnologiyalarining tibbiy yordamni tashkil etishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tibbiy xizmat samaradorligini baholash mezonlari, intellektual analitik tizimning konseptual modeli va uni amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish yo‘nalishlari taklif etilgan.
Hali tarjima qilinmagan