SANOAT KORXONALARINING YASHIL TRANSFORMATSIYASIDA MOLIYAVIY VA BOSHQARUV OMILLARINING O'ZARO TA'SIRINI EMPIRIK BAHOLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada sanoat korxonalarining yashil transformatsiyasida moliyaviy ta’minot va boshqaruv qarorlarining o‘zaro bog‘liqligi empirik jihatdan baholanadi. Tadqiqotning davomida foydalanilgan ma’lumotlar O‘zbekistonning 2015-2025-yillardagi energiya sig‘imi, qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ulushi, ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalar, modernizatsiya va rekonstruksiya xarajatlari hamda tijorat bank kreditlari ko‘rsatkichlariga tayangan. Ochiq ma’lumotlardan investitsiya intensivligi, modernizatsiya ulushi va bank krediti ulushi muallif hisobkitobi asosida shakllantirildi. Boshqaruv omillarini o‘lchash uchun 10 savoldan iborat “Likert” shkalali anketa va vaznli integral indeks metodikasi ishlab chiqildi. Natijalar yashil transformatsiyani jadallashtirishda mablag‘ hajmining o‘zi emas, balki moliyaviy resurslarni modernizatsiya va energiya samaradorligi maqsadlari bilan uyg‘unlashtiruvchi boshqaruv sifati muhim ekanini asoslaydi.