Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

C-4 KOMPOZITSIYASINING ALLERGENLIK VA SENSIBILIZATSIYALOVCHI XUSUSIYATLARINI IN VIVO SHAROITDA EKSPERIMENTAL BAHOLASH

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda C-4 kompozitsiyasining in vivo tajriba sharoitida allergenlik va sensibilizatsiyalovchi xususiyatlari kompazisiyani baholandi. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi preparatni takroriy yuborish fonida organizmda mahalliy va umumiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining shakllanish ehtimolini aniqlashga qaratildi. Tajriba davomida eksperimental hayvonlarda C-4 kompozitsiyasiga nisbatan sensibilizatsiya belgilari, allergik javob reaksiyalarining namoyon bo‘lishi, umumiy fiziologik holat hamda preparat yuborilgan sohadagi mahalliy o‘zgarishlar kuzatildi. Olingan natijalar asosida C-4 kompozitsiyasining allergenlik potensiali va takroriy qo‘llashdagi xavfsizlik profili tavsiflandi. Mazkur tadqiqot natijalari C-4 kompozitsiyasining farmakologik va toksikologik xavfsizligini har tomonlama baholash, shuningdek, uni keyingi eksperimental hamda klinik tadqiqotlarga tavsiya etish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba