TAKRORIY EKIN MAYDONLARDA EKILGAN MOSHDA FUZARIOZ SOʻLISH KASALLIGI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada takroriy ekin sifatida ekilgan mosh (Vigna radiata (L.) Wilczek) ekinining fuzarioz soʻlish kasalligiga qarshi urugʻdori preparatlarning biologik samaradorligi oʻrganilgan. Tadqiqotlar 2022–2024-yillarda Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida oʻtkazildi. Kimyoviy (Maksim XL 035 FS, Selest top 312 FS) va biologik (Bactvipe, Shild, Sanjeevni) urugʻdori preparatlar sinovdan oʻtkazilib, andoza sifatida Vitavaks 200 FF qoʻllanildi. Nazorat variantida kasallikning tarqalishi 31,7%, rivojlanishi 21,1% boʻldi. Kimyoviy preparatlar qoʻllanilgan variantlarda kasallik tarqalishi 8,6–10,4% ni, biologik samaradorlik 81,5–87,7% ni, biologik preparatlarda esa samaradorlik 69,6–75,4% ni tashkil etdi. Mosh urugʻlarini ekishdan oldin Maksim XL 035 FS va Selest top 312 FS preparatlari bilan 1,0 l/t meʼyorda dorilash tavsiya etiladi.