Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INNOVATSION IQTISODIYOTDA TURIZM SOHASINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING ILMIY VA AMALIY JIHATLARI

Kamoliddin ShodiyevSifat nazorat koordinatorligi mutaxxasisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universi
2023en
ABI

Annotatsiya

Maqolada turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va hozirgi kunda yer yuzidagi jami tovarlar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo‘yicha uchta yirik tarmoqlar ichida neftni qazib olish va avtomobilsozlik sanoatidan keyin 3-o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo‘ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi. Xatto qimmatbaho metallar va toshlar, almazlar, qurol savdosi va boshqa bizneslar xam daromadi bo‘yicha turizmdan orqada turadi. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga to‘g‘ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar jarayonini hisobga olgan holda, turistik xizmatlar hajmini ortib borishi bilan ajralib turadi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi turizm sohasi bilan ham bog‘liq ekanligi rivojlangan mamlakatlar tajribasida ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Shuning uchun ham bozor munosabatlari shakllanayotgan va erkin xo‘jalik yuritishga o‘tayotgan mamlakatlarda avvallari unchalik ahamiyat berilmagan turizmga, endilikda katta e’tibor bilan qaralmoqda. Siyosiy va iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan kundan boshlab, O‘zbekistonda turizmni hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritishini ta’minlash, bu sohaning iqtisodiyot uchun, umuman jamiyat rivojlanishi uchun qo‘shayotgan hissasini yiddan-yilga ortib borayotganligi bilan belgilanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar