Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ARPANING NAV VA TIZMALARIDA BARG SATHI VA OXIRGI BO‘G‘IN UZUNLIGINING O‘ZGARUVCHANLIGINI BAHOLASH

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda 17 ta arpa nav va tizmalarning qurg‘oqchilik hamda suvli sharoitdagi morfologik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi arpa genotiplarida barg sathi va oxirgi bo‘g‘in uzunligining o‘zgaruvchanligini aniqlash hamda ularning turli namlik sharoitlariga reaksiyasini baholashdan iborat bo‘ldi. Tajribalar davomida o‘simliklarning barg sathi va oxirgi bo‘g‘in uzunligi bo‘yicha biometrik o‘lchovlar olib borildi va olingan natijalar statistik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qurg‘oqchilik sharoiti ayrim genotiplarda barg sathining kamayishi va oxirgi bo‘g‘in uzunligining qisqarishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, ayrim nav va tizmalarda ushbu ko‘rsatkichlarning nisbatan barqaror saqlanishi kuzatildi. Aniqlangan natijalar arpa genotiplarini qurg‘oqchilikka chidamlilik belgilariga ko‘ra baholash va seleksiya ishlarida foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba