SINTETIK GEKSAPLOID BUG‘DOY GENOTIPLARINING XO‘JALIK BELGILARI BO‘YICHA MULTIVARIATSION KLASTER TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada sintetik geksaploid bug‘doy (20SYNT-ELITE ko‘chatzori) namunalarining qimmatli xo‘jalik, fenologik belgilari va sariq zang (Puccinia striiformis f. sp. tritici) kasalligiga chidamliligi bo‘yicha genetik o‘xshashligi hamda differensiasiyasi klaster tahlili (Cluster Analysis) yordamida o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida olingan 99 ta namuna morfobiologik xususiyatlari va immunologik ko‘rsatkichlari asosida ikkita yirik (A va B) klasterga ajratildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, A klasterga jami namunalarning 60,6 % (60 ta), B klasterga esa 39,4 % (39 ta) joylashtirildi. Ichki genetik xilma-xillikni aniqlash maqsadida klasterlar subguruhlarga ajratildi; bunda A klaster 4 ta kichik guruhni (mos ravishda 15, 17, 15 va 13 tadan namuna), B klaster esa 2 ta kichik guruhni (19 va 20 tadan namuna) shakllantirdi. Olingan natijalar geksaploid bug‘doy seleksiyasida iqlim sharoitlariga mos, sariq zangga chidamli va yuqori mahsuldor tizmalarni maqsadli tanlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan