Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SANOAT KORXONALARIDA ERP+AI INTEGRATSIYASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA 2030-YILGACHA PROGNOZLASH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada sanoat korxonalarida ERP va sun'iy intellekt (AI) integratsiyasining iqtisodiy samaradorligini baholash hamda 2030-yilgacha prognozlash uslubiyoti tadqiq etilgan. "Toshkent traktor zavodi" MChJ misolida mehnat, zaxira, ishlab chiqarishdagi bo'sh turish va hujjatlashtirish xarajatlari alohida baholanib, takroriy hisobga olishning oldi olingan. Hisob-kitoblarga ko'ra, yillik umumiy iqtisodiy samara 263,43 mln so'm, sof samara 185,43 mln so'mni tashkil etgan. Boshlang'ich investitsiya 520 mln so'm, oddiy qoplash muddati 2,80 yil, diskontlangan qoplash muddati 3,38 yil, sof joriy qiymat (NPV) 220,9 mln so'm va ichki daromad me'yori (IRR) 31,7 foiz bo'lgan. 44 oylik kuzatuvga asoslangan trend-mavsumiy model 2030-yilda 2 108 dona mahsulot ishlab chiqarish, 1 183,8 mlrd so'm tushum va buyurtmalarning 96,1 foiz bajarilishini prognozlaydi. Natijalar zaxira boshqaruvi samaradorlikning asosiy manbai ekanini ko'rsatadi; prognoz esa ERPning sababiy ta'siri emas, bazaviy rivojlanish ssenariysini ifodalaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba