Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTONDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASH ORQALI UNING NATIJADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI (FARG'ONA VILOYATI EMPIRIK MA'LUMOTLARI MISOLIDA)

Jamshidbek Tilavoldi o'g'li JaxbarovO'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Farg'ona viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjeti ijrosiga oid empirik ma'lumotlar asosida O'zbekistonda budjet tashkilotlarining moliyaviy nazorati tizimidagi strukturaviy muammolar miqdoriy baholangan hamda ularni bartaraf etishning raqamli mexanizmlari ishlab chiqilgan. Tahlillarga ko'ra, 2015–2025-yillarda respublika budjeti xarajatlari 8,7 baravarga ortib (51,3 trln so'mdan 447,8 trln so'mga), nazorat organlari xodimlari shtati 30 foizdan ziyodga qisqargan bir sharoitda Hisob palatasi tomonidan 2025-yilda 7 714,1 mlrd so'mlik moliyaviy nomuvofiqliklar qayd etilgan. Farg'ona viloyati kesimidagi tahlil shuni ko'rsatadiki, kommunal xarajatlar, hisobvaraq-fakturalar integratsiyasi, JSHODS va ijtimoiy soliq, musodara qilingan mulklar hamda mahalliy budjet qarorlari nazorati yo'nalishidagi uzilishlar UzASBO-2 tizimidagi ma'lumotlar integratsiyasining yetarli darajada rivojlanmagani bilan bog'liq bo'lib, bir yil davomida 497 mlrd so'mdan ortiq moliyaviy yo'qotishlar bilan bog'liq holatlarni yuzaga keltirgan. Ilg'or xalqaro tajriba (dBrain+, CHORUS, GovERP) va milliy qonunchilikni tahlil qilish asosida mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan besh modulli raqamli integratsiya modeli taklif etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba