LAVANDULA SP. O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN ENDOFIT BAKTERIYALARNING FITOPATOGEN ZAMBURUG‘LARGA QARSHI ANTAGONISTIK VA FERMENTATIV FAOLLIGINI KOMPLEKS BAHOLASH
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Lavandula sp. o‘simligidan ajratib olingan endofit bakteriyalarning fitopatogen zamburug‘larga qarshi antagonistik faolligi hamda lipaza, xitinaza va proteaza ishlab chiqarish qobiliyati kompleks baholandi. Antifungal faollik Fusarium oxysporum, F. solani, F. moniliforme, F. vasinfectum, F. annulatum, Aspergillus flavus va Verticillium dahliae ga qarshi in vitro dual culture usuli yordamida aniqlandi. Shuningdek, izolyatlarning lipaza, xitinaza va proteaza faolligi baholandi. Natijalarga ko‘ra, GLP-5 barcha yetti fitopatogenga qarshi antifungal faollik ko‘rsatib, xitinaza (685 µg/mL) va proteaza (2,643 U/mL) bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni, shuningdek, yuqori lipaza faolligini (496 U/mL) namoyon qildi. GLB-27 ham keng antifungal faollik va yuqori fermentativ ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi. Olingan natijalar Lavandula sp. endofit bakteriyalari orasida biokontrol salohiyatiga ega istiqbolli izolyatlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan