BUDJET XARAJATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH: YASHIL BUDJETLASHTIRISH VA ISSIQLIK TA'MINOTI SUBSIDIYALARINI ISLOH QILISH
Annotatsiya
Tezisda budjet xarajatlari samaradorligini oshirishning ikki yo'nalishi – issiqlik ta'minoti subsidiyalarini isloh qilish va yashil budjetlashtirishni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Toshkent shahri misolida 2025-yil 12-noyabrdan joriy etilgan yangi tariflar bilan aholi to'lovining bazaviy tarifga nisbati 18,3 foizdan 19,7 foizga oshgani, budjet tashkilotlari esa bazaviy tarifdan 1,3 baravar yuqori narx to'lashi aniqlangan. Respublika bo'yicha issiqlik ta'minoti korxonalari zararlarini qoplashga ajratilgan mablag' 2024-yildagi 3 879,8 mlrd so'mdan 2025-yilda 3 503,9 mlrd so'mga qisqargani ko'rsatilgan. 2025-yil budjet xarajatlarini iqlim bo'yicha markirovkalashning birinchi natijalariga ko'ra 344,5 trln so'mlik xarajatlarning 10,5 foizi iqlimga ijobiy deb topilgan, 2026-yil budjet loyihasida esa xarajatlarning 72,6 foizi Barqaror rivojlanish maqsadlariga bog'langan. Tadqiqot natijasida subsidiyani manzilli kompensatsiyaga almashtirish yo'l xaritasi hamda tortilgan koeffitsientlar va salbiy xarajatlarning majburiy ro'yxatiga asoslangan markirovkalash metodikasi taklif etilgan.