Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BAQTRIY HUJJATLARI ERASI MUAMMOSI: 223, 227 VA 127-YIL KONSEPSIYALARINING QIYOSIY TAHLILI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Shimoliy Afg‘onistondan topilgan baqtriy tilidagi hujjatlar sanalgan, nomi ko‘rsatilmagan eraning boshlanish nuqtasi masalasi tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotda ilgari surilgan asosiy konsepsiyalar, ya’ni mil. 233 (232), 223/224, 227/228 va 127-yillar ularning dalil asoslari, mualliflari va tanqidi bilan birga ko‘rib chiqiladi. Konsepsiyalar hujjatlarning o‘zidagi mustaqil xronologik sinxronizmlar bilan sinovdan o‘tkaziladi. Bular sosoniy shohanshohi Pero‘zning tilga olinishi, eftaliy va arab soliqlari, arab tangalari hamda Mīr ibn Bēk oilasining arabcha soliq tilxatlaridir. Tahlil natijasida 127-yil (Kanishka erasi) va 233-yil variantlari ichki sinxronizmlarga zid kelishi, eraning boshlanish nuqtasi esa mil. 218-232-yillar oralig‘ida bo‘lishi asoslanadi. Milliy tarixshunoslikda bildirilgan, hujjatlarni turli davrlarda turli taqvimlar bilan sanash haqidagi fikr ham baholanadi. Ilmiy muomaladagi asosiy bahs 223/224 va 227/228-yillar o‘rtasida qolayotgani, ular orasidagi to‘rt yillik farq esa eftaliylar davri tarixi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba