(2E)-3-(4-METOKSIFENIL)PROP-2-ENALNING AYRIM ATSILGIDRAZON HOSILALARI SINTEZI
Annotatsiya
Mazkur maqolada (2E)-3-(4-metoksifenil)prop-2-enalning(MDA) ayrim gidrazidlar (benzoy kislota gidrazidi, 2-xlorbenzoy kislota gidrazidi, 2,4-dixlorbenzoy kislota gidrazidi) bilan kondensatsiya reaksiyasi orqali yangi atsilgidrazonlar sintez qilindi. Reaksiyalar etanol muhitida amalga oshirilib, maqsadli mahsulotlar yuqori unum bilan olindi. Sintez qilingan birikmalarning ayrim fizik-kimyoviy kattaliklari aniqlanib, ularning tuzilishi IQ-, UB-spektroskopiya hamda mass-spektrometriya usullari yordamida tavsiflandi. IQ-spektr ma’lumotlarida C=N bog‘iga tegishli xarakterli tebranish chastotalarining paydo bo‘lishi Shiff asoslari hosil bo‘lganligini tasdiqlaydi. UB-spektrlarda kuzatilgan π→π* va n→π* elektron o‘tishlari molekulalarda kon’yugirlangan tizim mavjudligini ko‘rsatdi. Mass-spektrometrik tahlil natijasida aniqlangan [M+H]⁺ ionlari nazariy molekulyar massalar bilan mos kelib, sintez qilingan birikmalarning tuzilishini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari ushbu sintez qilingan yangi Shiff asoslarining keyingi biologik faollikni o‘rganish uchun istiqbolli obyektlar ekanligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan