Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TEMURIYLAR DAVRI SIYOSIY TARIXIDA ABU BAKR MIRZO

Guljaxon Turg'unpulatovaTDSHU, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi 2-bosqich talabasiTurdixo'jayeva, Mahliyo
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mironshohning oʻgʻli Abu Bakr Mirzo faoliyati Temuriylar davri siyosiy tarixida muhim oʻrin tutadi. U Amir Temurning nabirasi sifatida XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Movarounnahr va Eron hududlaridagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan. Abu Bakr Mirzo otasi Mironshoh bilan birgalikda Temuriylar davlatining gʻarbiy hududlarini boshqarishda qatnashib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilgan. Uning faoliyati Temuriylar oʻrtasidagi ichki kurashlar, taxt uchun nizolar hamda davlat boshqaruvi jarayonlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Mazkur maqolada Abu Bakr Mirzoning siyosiy faoliyati, harbiy yurishlardagi ishtiroki va Temuriylar davlati tarixidagi oʻrni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba