Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUG‘URTA TASHKILOTLARIDA DURATSIYA TAFOVUTI VA LIKVIDLIK: O‘ZBEKISTON MISOLIDA

Baxriyev Dilshod RizvonkulovichXalqaro Innovatsion Universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining investitsiya portfeli ularning sug‘urta majburiyatlari bilan muddat va likvidlik jihatidan qanchalik muvofiq ekanligi baholanadi. Tadqiqotda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2022–2025-yillar bo‘yicha bozor statistikasi hamda openinfo.uz portalida e’lon qilingan 16 ta aksiyadorlik sug‘urta tashkilotining buxgalteriya balanslaridan foydalanildi. Aktivlar va majburiyatlar duratsiyasi oshkora farazlar asosida baholanib, foiz stavkasining ±300 bazis punktga o‘zgarishi xususiy kapitalga ta’siri hisoblandi. Natijalarga ko‘ra, bozor investitsiyalarining 63,2 foizi depozitlarda, ko‘chmas mulk ulushi esa 2025-yilda 6,9 foizdan 17,4 foizga oshgan. Tanlanmada investitsiyalar sug‘urta zaxiralarining 71 foizini, qisqa muddatli investitsiyalar esa 44 foizini qoplaydi. Foiz stavkasi xavfi umuman kichik: asosiy farazda kapitalga ta’sir ±0,4 foiz, farazlar oralig‘ida –3,6…+3,2 foizni tashkil etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar