ONKOLOGIK BEMORLARDA PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMLARI, STRESSGA BARDOSHLILIK VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASHNING PSIXOEMOTSIONAL FAROVONLIKKA TA’SIRI
Annotatsiya
Mazkur maqolada onkologik bemorlarda psixologik himoya mexanizmlari, stressga bardoshlilik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning psixoemotsional farovonlikka ta’siri ijtimoiy-psixologik va individual-psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Onkologik kasallik tashxisi inson hayotida kuchli ruhiy zo‘riqish, xavotir, qo‘rquv, kelajakka nisbatan noaniqlik va emotsional beqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday sharoitda shaxsning psixologik himoya mexanizmlari, stressli vaziyatlarga moslashish imkoniyatlari hamda yaqin ijtimoiy muhitdan oladigan yordami muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada psixologik himoyaning inkor etish, ratsionalizatsiya, repressiya va boshqa shakllari, stressga bardoshlilikning tarkibiy xususiyatlari, oilaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash omillari o‘zaro bog‘liqlikda yoritilgan. Shuningdek, onkologik bemorlarning psixoemotsional holatini baholashda foydalanish mumkin bo‘lgan psixodiagnostik metodikalar va tadqiqot mezonlari tizimlashtirilgan. Tadqiqotning nazariy xulosalari onkologik bemorlarga ko‘rsatiladigan psixologik yordamni takomillashtirish, individual moslashuv resurslarini faollashtirish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks psixologik yondashuvlarning ahamiyatini asoslaydi.
Hali tarjima qilinmagan