Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

CRITICAL THINKING COMPETENCE OF PROSPECTIVE TEACHERS: A PROFESSIONAL-DIDACTIC CYCLE AND ITS EFFECTIVENESS

Javohir XasanovBuxoro xalqaro universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Raqamli muhitda axborot oqimining keskin ortishi bo‘lajak o‘qituvchidan dalilga tayangan, xavfsiz va asosli pedagogik qaror qabul qilishni talab etmoqda. Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yetti bosqichli kasbiy-didaktik siklning mazmuni va samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi siklni oliy ta’lim jarayoniga joriy etish samaradorligini tajriba yo‘li bilan aniqlashdan iborat. Tajriba-sinov ishlari 2023–2026-yillarda uchta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazildi, unda 485 nafar talaba ishtirok etdi: tajriba guruhida 235, nazorat guruhida 250 nafar. Kompetensiya darajasi motivatsion-aksiologik, kognitiv-tahliliy, faoliyatli-qaroriy, kommunikativ-dalillovchi va refleksiv-korreksion mezonlar bo‘yicha kasbiy keys, videotahlil, mikrodars kuzatuvi va refleksiv portfolio orqali baholandi. Tajriba yakunida tajriba guruhida yuqori va yetarli darajadagi talabalar ulushi 31,1 foizdan 58,7 foizga oshdi, nazorat guruhida esa 30,8 foizdan 37,2 foizga yetdi. Integral ko‘rsatkich tajriba guruhida 52,55 foizdan 68,19 foizga ko‘tarildi. Guruhlar o‘rtasidagi farq statistik ishonchli bo‘ldi (t=5,501; χ²=29,727; p<0,001; Cohen d=0,500). Natijalar tanqidiy fikrlashni alohida fan sifatida emas, mutaxassislik fanlariga singdirilgan kasbiy fikrlash usuli sifatida rivojlantirish samarali ekanini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar