RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABALARNING FANNI O‘ZLASHTIRISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya va onlayn ta’lim sharoitida talabalarning fanni o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-didaktik shart-sharoitlari yoritilgan. Onlayn ta’limda o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi omillar - o‘qituvchi bilan jonli muloqotning kamligi, o‘quv materialining tartibsiz taqdim etilishi, qayta aloqaning kechikishi va talabaning o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasi yetarli emasligi tahlil qilingan. Motivatsion-maqsadli, mazmuniy-resurs, faoliyatli-kommunikativ va nazorat-refleksiv komponentlardan iborat model taklif etilgan. Har bir omil uchun pedagogik yechim va raqamli vosita ko‘rsatilgan, haftalik onlayn modulni tashkil etishning besh bosqichli sikli asoslangan. O‘qituvchi va talabalar uchun amaliy tavsiyalar berilgan.