BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI HIKOYACHILIK TEXNOLOGIYASINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda raqamli hikoyachilik texnologiyasining pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli hikoyalarni “Tarbiya” faniga integratsiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mazmunli o‘quv vaziyatlari orqali anglatish hamda o‘quvchilarning axloqiy mulohaza yuritish faoliyatini faollashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. O‘zbek olimalarining ma’naviy-axloqiy tarbiya, qadriyatlar, boshlang‘ich ta’lim va raqamli hikoyalashga oid ilmiy qarashlari asosida raqamli hikoyachilikning tarbiyaviy imkoniyatlari umumlashtirilgan. Natijada raqamli hikoyalarni tanlash, yaratish, namoyish etish, muhokama qilish va refleksiv baholash bosqichlarini qamrab oluvchi metodik yondashuv taklif etilgan.