KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ISHLASH TAMOYILLARI VA ULARNI QURILISH KORXONALARI AMALIYOTIGA JORIY ETISH MASALALARI
Annotatsiya
Maqolada korporativ boshqaruv mexanizmlarining ishlash tamoyillari hamda ularni qurilish korxonalariamaliyotiga joriy etishning nazariy, institutsional va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Qurilish tarmog‘ida loyihalarning ko‘pishtirokchiligi, shartnomaviy munosabatlarning murakkabligi, investitsiyalar va risklarning yuqoriligi korporativ boshqaruvnifaqat mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish vositasi emas, balki strategik muvofiqlashtirish, shaffoflik, hisobdorlikva barqaror rivojlanishni ta’minlovchi tizim sifatida qarashni talab etadi. Tadqiqotda institutsional, tizimli va manfaatdortomonlar yondashuvlari asosida qurilish korxonalari uchun korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy etish modeli hamdabaholash mezonlari taklif etilgan.