BADIIY TARJIMADA KOMIK EFFEKTNI QAYTA YARATISHNING FUNKSIONAL-PRAGMATIK MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada badiiy tarjimada komik effektni qayta yaratishning funksional-pragmatik mexanizmlari tarjimashunoslikning zamonaviy nazariy yondashuvlari asosida tadqiq etiladi. Komik effektning shakllanishida semantik nomuvofiqlik, pragmatik implikatura, kinoya, mubolag‘a, frazeologik birliklar hamda milliy-madaniy kontekstning o‘zaro munosabati yoritiladi. Tadqiqotning nazariy asosini V. Raskinning yumorning semantik nazariyasi, S. Attardoning verbal yumor haqidagi umumiy nazariyasi, P. Graysning kommunikativ implikatura konsepsiyasi hamda M. Beyker va J. Hausning tarjima ekvivalentligiga oid qarashlari tashkil etadi. G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi va uning inglizcha tarjimasi tadqiqot materiali sifatida tanlanib, yumoristik birliklarni funksional jihatdan tahlil qilish mezonlari ishlab chiqiladi. Komik effektni qayta yaratishda semantik transformatsiya, pragmatik adaptatsiya, kompensatsiya va eksplicitatsiya strategiyalarining imkoniyatlari izohlanadi. Maqolada komik mazmunning tarjimada saqlanishi leksik muvofiqlik bilangina emas, balki kommunikativ niyat, madaniy assotsiatsiyalar va o‘quvchining interpretativ faoliyati bilan ham bog‘liqligi asoslanadi. Natijada badiiy yumorni tarjimada baholashning ko‘pkomponentli funksional-pragmatik modeli taklif etiladi.
Hali tarjima qilinmagan