STUDY OF THE SPECTRA OF HIGHLY FILLED ORGANO-INORGANIC POLYMER MATERIALS BASED ON LAYERED SILICATE MATERIALS USING ULTRAVIOLET SPECTROSCOPY
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Annotatsiya: Mazkur ilmiy ishda qatlamli silikat materiali sifatida tabiiy Vermikulit asosida yuqori darajada toʻ ldirilgan organo-noorganik polimer kompozit materiallar sintez qilindi va ularning spektral xossalari oʻ rganildi.Tajriba jarayonida vermikulit sulfat kislota (H₂SO₄) va xlorid kislota (HCl) yordamida kimyoviy modifikatsiyalandi.Kislota bilan ishlov berish natijasida mineral qatlamlari orasidagi masofa kengayishi, ion almashinish jarayonlarining faollashuvi va faol markazlar sonining ortishi kuzatildi.Keyinchalik ortiqcha kislotalar ammiak eritmasi hamda natriy gidrokarbonat (NaHCO₃) yordamida neytrallandi, mahsulot filtrlash va quritish bosqichlaridan oʻ tkazildi.Kompozit materiallar tayyorlashda polimer matritsa sifatida Polietilen (PE), Polipropilen (PP) va Poliamid (PA) tanlab olindi.Modifikatsiya jarayoni eritilgan holatda, 10:1 (polimer:vermikulit) massa nisbatida amalga oshirildi.Olingan kompozitlar Ultrabinafsha spektroskopiya usuli yordamida tahlil qilindi.Spektral natijalar polimer zanjirlari bilan modifikatsiyalangan vermikulit oʻ rtasida molekulyar darajadagi oʻ zaro ta'sir mavjudligini koʻ rsatdi.Xususan, xarakterli yutilish chiziqlarining siljishi, intensivlik oʻ zgarishlari va yangi tebranish modalarining paydo boʻ lishi kompozit tuzilmasida interkalatsion hamda qisman eksfoliatsion jarayonlar sodir boʻ lganini tasdiqlaydi.Kalit soʻ zlar: vermikulit, qatlamli silikatlar,
Hali tarjima qilinmagan