URAN QUDUQLARI FILTR OLDI ZONASIGA AKUSTIK TA'SIR KÖRSATIŞ REJIMLARINI TANLAŞ MEZONLARI
Annotatsiya
Maqolada uranni yer ostida tanlab eritmaga ötkaziş quduqlarining filtr oldi zonasida kolmatatsiyani kamaytiriş uçun akustik ta'sir rejimlarini tanlaş mezonlari asoslab berilgan. Suvga töyingan ğovak muhitda akustik bosimning tarqalişi, çastotaga boğliq sönişi, kritik bosim va quduq konstruksiyasi uçun xavfsiz yuklama özaro boğliq holda baholandi. Hisoblaşlar 10–50 Hz diapazonidagi ta'sir filtr oldi zonasini kengroq qamrab olişini, 500 Hz dan yuqori çastotalardagi ta'sirning esa mahalliy mineral çökindilarni buziş uçun maqsadga muvofiqligini körsatdi. Tadqiqot natijalariga köra, 45 ta kern namunasida ötkazuvçanlik 65–70 % gacha, 10 ta texnologik quduqda esa qabul qiluvçanlik örtaça 1,39 marta oşgani qayd etildi. Kolmatatsiya turiga mos çastota, bosim amplitudasi va işlov davomiyligini tanlaş algoritmi taklif etildi. Kalit sözlar: uranni yer ostida tanlab eritmaga ötkaziş, texnologik quduq, filtr oldi zonasi, kolmatatsiya, akustik ta'sir, çastota, samarali ta'sir radiusi, quduq qabul qiluvçanligi.