VIRTUAL LABORATORIYALAR VA GAMIFIKATSIYA ASOSIDA ISSIQLIK HODISALARINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada fizika ta’limida virtual laboratoriyalar hamda gamifikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqot ayniqsa issiqlik hodisalarini o‘qitish jarayonida interaktiv metodlarning o‘quvchilar bilim darajasi, motivatsiyasi va amaliy ko‘nikmalariga ta’sirini aniqlashga qaratildi. Tadqiqot davomida virtual laboratoriyalar asosida tashkil etilgan darslarning an’anaviy o‘qitish metodlariga nisbatan samaraliroq ekanligi aniqlandi. Gamifikatsiya elementlari o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirishi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi va fizik tushunchalarni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam berishi kuzatildi.
Hali tarjima qilinmagan