Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TRANSPORT VOSITALARINI KORROZIYADAN HIMOYA QILUVCHI QOPLAMANING ADGEZION MUSTAHKAMLIGINI TADQIQ QILISH

Ботир ИбрагимовToshkent davlat transport universiteti Materialshunoslik va mashinasozlik kafedrasi tadqiqotchisi, PhD
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Korroziyaga qarshi qoplamalarning adgezion xususiyatlari hamda ekspluatatsiya sharoitida polimer qoplamalarning adgezion chidamliligini baholashga oid zamonaviy metodologik yondashuvlar tahlil qilingan. Korroziyaga qarshi qoplamalar adgeziyasini tadqiq etishning tarixiy rivojlanishi va ushbu yo'nalishdagi zamonaviy ilmiy qarashlar ko'rib chiqilgan. Adgeziyaning to'rtta asosiy mexanizmi (mexanik, kimyoviy, fizik-molekulyar va diffuzion) tahlil qilinib, ularning qoplamaning metall yuzasiga yopishish mustahkamligini ta'minlashdagi o'rni yoritilgan. Shuningdek, sirtni tayyorlash bosqichlarini optimallashtirish, adgezion materiallarni tanlash va kompozitsiyalarning qotish kinetikasini nazorat qilish masalalari ko'rib chiqilgan. Adgezion mustahkamlikni ta'minlash va aniqlashga oid me'yoriy hujjatlar (GOST 15140-78, ISO 2409) tahlil qilingan hamda ushbu hujjatlar talablari asosida eksperimental tadqiqotlar o'tkazilgan. Adgeziyani baholash usullari qiyosiy tahlil qilingan. Turli tarkibdagi qoplamalar tayyorlanib, ularning adgezion mustahkamlik darajasi baholangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba