Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TEMIR YOʻL MASHINASOZLIGINI SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNI BAHOLASHNING METODOLOGIK YONDASHUVLARI

Saodat A. YuldashevaToshkent davlat transport universiteti professori, PhD
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada temir yoʻl mashinasozligini sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirishni baholashning metodologik yondashuvlari tahlil qilingan. Tarmoqlararo balans, qoʻshilgan qiymat savdosi, tarmoq tahlili, ma'lumotlarni oʻrab olish tahlili (DEA), muvozanatlashgan koʻrsatkichlar tizimi, hayotiy sikl xarajatlari va kompozit indekslarga asoslangan yondashuvlarning afzalliklari hamda cheklovlari qiyosiy baholangan. Makro, mezo va mikro darajalarni birlashtiruvchi uch bosqichli baholash uslubiyati taklif etilib, koʻrsatkichlar vaznini iyerarxiyalar tahlili usuli (AHP) yordamida aniqlash tartibi shartli misolda sinovdan oʻtkazilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba