ÖZBEKISTONDA KIÇIK VA ÖRTA BIZNES TARMOQ TUZILMASIDAGI SILJIŞLAR VA SUBYEKTLAR FAOLLIGINING HUDUDIY TAFOVUTLARINI STATISTIK BAHOLAŞ
Annotatsiya
Maqolada Özbekiston Respublikasida kiçik va örta biznes subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari böyiça tarkibining 2020–2025-yillarda özgarişi hamda hududlar kesimida subyektlar faolligi darajasidagi tafovutlar statistik jihatdan baholangan. Tarmoq tuzilmasidagi siljişlar çiziqli va kvadratik koeffitsiyentlar, Ryabsev, Gatev va Salai indekslari, şuningdek, Xerfindal–Xirşman indeksi yordamida ölçangan. 14 ta hudud böyiça faollik darajasining 2021–2025-yillardagi özgarişi juftlangan t-test, Spirmen va Kendall rang korrelyatsiyasi orqali tahlil qilingan. Natijalarga köra, tarmoq tuzilmasidagi eng katta siljiş 2021-yilda kuzatilgan, keyingi yillarda esa tuzilma barqarorlaşgan; savdo uluşi oşgan, sanoat va quriliş uluşlari qisqargan. Faollik darajasi barça hududlarda statistik jihatdan ahamiyatli pasaygan, hududlar reytingi esa nisbatan barqaror saqlangan. Olingan natijalar asosida kiçik va örta biznesning tarmoq tuzilmasini takomillaştiriş hamda statistik registr sifatini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqilgan. Kalit sözlar: kiçik va örta biznes, tarmoq tuzilmasi, tuzilmaviy siljiş, Ryabsev indeksi, faollik darajasi, hududiy tafovut, rang korrelyatsiyasi.