Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

“AS MINOR” OZIQ-OVQAT QO’SHILMASINING ANTIOKSIDANTLIK FAOLLIGINI ANIQLASH

Ibrohimjon Rahmonovich AsqarovAndijon davlat universiteti, Kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, O‘zbekiston TABOBAT Akademiyasi raisiSurayyoxon Abdusamatovna MamatqulovaFarg'ona davlat universiteti, Kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professorShaxlo Isomiddin qizi TolipovaFarg‘ona davlat unversiteti, tayanch doktoranti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada “AS MINOR” biologik faol qo‘shilmasining antioksidant va antiradikal faolligi DPPH usuli yordamida tadqiq etilgan. “AS MINOR” tarkibidagi dorivor o‘simliklar — suvqalampir bargi va dala qirqbo‘g‘imidan turli nisbatlarda tayyorlangan spirtli ekstraktlarning erkin radikallarni bog‘lash xususiyatlari baholangan. Tadqiqot davomida ekstraktlarning antiradikal faolligi (ARF %) va IC50 ko‘rsatkichlari aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, barcha namunalar antioksidant xususiyatini namoyon etgan. Ayniqsa, “AS MINOR” tarkibidagi suvqalampir bargi va dala qirqbo‘g‘imining 3:1 nisbatda olingan ekstrakti yuqori antiradikal faollikka ega bo‘lib, 30 daqiqa o‘tgach uning ARF ko‘rsatkichi 51,03 %, IC50 qiymati esa 91,334 mkl ni tashkil etdi. Olingan natijalar “AS MINOR” biologik faol qo‘shilmasidan an’anaviy va amaliy tibbiyotda tabiiy antioksidant sifatida foydalanish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar