Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TALABA QIZLAR DEPRESSIYASI VA KOPING-STRATEGIYALARINING RAQAMLI MUHITDAN FOYDALANISH BILAN BOG‘LIQLIGI:

Shirin Oybek qizi EshmurodovaToshkent davlat tibbiyot universiteti o‘qituvchsii
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada raqamli muhitdan faol foydalanuvchi talaba qizlarda depressiv simptomlar va koping-strategiyalarning o‘ziga xosliklari 742 nafar respondent (11 ta oliy ta’lim muassasasi) misolida tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra respondentlarning 86,2 foizida turli darajadagi depressiv belgilar, 50,1 foizida esa aniq ifodalangan depressiya qayd etildi. Koping-strategiyalar orasida emotsional koping nisbatan rivojlangan (samarasiz ulush 5,7%), kognitiv koping esa eng muammoli yo‘nalish bo‘ldi (samarasiz ulush 31,9%). Depressiya va koping ko‘rsatkichlari hududlar, yosh guruhlari va kurslar bo‘yicha statistik ahamiyatli farqlandi. Raqamli muhitdan foydalanish intensivligi bilan depressiya (r=0,122; p≤0,01) hamda emotsional koping (r=0,137; p≤0,01) o‘rtasida kuchsiz, lekin ishonchli musbat bog‘liqlik aniqlandi. Natijalar oliy ta’lim muassasalarida kognitiv koping ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi va depressiv belgilarni erta aniqlovchi psixoprofilaktik ishlarni tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar