PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHI: TUSHUNCHA, MOHIYAT VA ZAMONAVIY TALABLAR
Annotatsiya
Maqolada pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi tushunchasining mazmuni va mohiyati tahlil qilinadi. "Malaka oshirish" va "uzluksiz kasbiy rivojlanish" tushunchalari qiyosiy tahlil asosida farqlanadi, xalqaro va milliy ilmiy adabiyotlardagi yondashuvlar umumlashtiriladi hamda tushunchaning mualliflik ta'rifi taklif etiladi. Uzluksiz kasbiy rivojlanishning tarkibiy qismlari (motivatsion-qadriyat, mazmuniy, faoliyat, refleksiv-baholash va ijtimoiy komponentlar) ajratib ko'rsatiladi, pedagogning kasbiy hayot bosqichlariga ko'ra rivojlanish ehtiyojlarining o'zgarishi ochib beriladi. O'zbekistonda pedagogning kasbiy rivojlanishiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar normativ-huquqiy, mazmuniy, texnologik va shaxsiy-kasbiy guruhlarga tizimlashtiriladi hamda ushbu talablar bilan amaldagi malaka oshirish tizimi o'rtasidagi ziddiyatlar aniqlanadi. Uzluksiz kasbiy rivojlanish o'z mohiyatiga ko'ra kattalar ta'limi hodisasi ekani va uni tashkil etishda andragogik yondashuv hamda pedagog motivatsiyasini rivojlantirish mexanizmlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan