MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQARORLASHTIRISHDA INSON KAPITALIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)
Yusubov In’omjon Ikram o‘g‘liAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026en
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Maqolada Xorazm viloyatida inson kapitalining to‘planishi va uning hudud iqtisodiyotida qiymatga aylanishi o‘rtasidagi farq 2010–2025-yillarga oid rasmiy statistika asosida o‘rganilgan. Hududiy inson kapitali qaytimi koeffitsienti, real mehnat unumdorligi qatori, regressiya modellari va Oukun qonuni yordamida viloyat aholisi respublika o‘rtachasidan 37 foiz kam qiymat yaratayotgani, talabalar soni 5,8 baravar oshgan bo‘lsa-da, unumdorlikni asosan investitsiyalar harakatlantirayotgani aniqlandi. Mehnat migratsiyasi, ta’lim va mehnat bozori nomuvofiqligi hamda ayollar bandligi bo‘yicha takliflar berildi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos9 ta foydalanilgan manba