GENERATIV SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA FIZIKA FANLARINING MA’RUZA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHGA MO‘LJALLANGAN RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASINI YARATISH VA UNDAN FOYDALANISH METODIKASI(OPTIKA BO‘LIMI MISOLIDA)
Annotatsiya
Maqolada oliy ta’limda optika fanining ma’ruza mashg‘ulotlarini generativ sun’iy intellekt (GenAI) vositalari yordamida tashkil etishga mo‘ljallangan raqamli ta’lim platformasining konseptual modeli, arxitekturasi va undan foydalanish metodikasi yoritilgan. Platforma katta til modeli (LLM), o‘quv materiallari bazasi (RAG yondashuvi), formulalar va simulyatsiyalar moduli hamda o‘quv tahlili (learning analytics) blokidan iborat. Ma’ruza «dars oldi – dars davomida – dars so‘ngi» uch bosqichida tashkil etilib, an’anaviy bir tomonlama bayon o‘rniga talabaning faol ishtirokiga asoslangan interaktiv shakl taklif qilinadi. Maqolada pedagogik eksperiment dizayni, baholash mezonlari hamda GenAI’dan foydalanishdagi xavflar (noto‘g‘ri javoblar, akademik halollik, ma’lumotlar xavfsizligi) va ularni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Hali tarjima qilinmagan