Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

COVID-19 DA BUYRAKLAR SHIKASTLANISHI PATOGENETIK MEXANIZMLARI

Nazirjonov O.X.Qo‘qon universiteti Andijon filiali (Andijon, Oʻzbekiston)Abdurahimov A.X.Andijon davlat tibbiyot instituti (Andijon, Oʻzbekiston)
2026ru
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotchilarning aksariyati OʻBSH etiologiyasi va patogenezidan qat’iy nazar, buyrak to‘qimasi shikastlanishining shakllanishida umumiy asosiy bo‘gʻinlar mavjudligini ta’kidlaydilar. Hozirgi vaqtda yalligʻlanish jarayonining rivojlanishi yetakchi hisoblanadi. Zararlovchi omil (ishemiya, nefrotoksik agentlar va boshqalar) endoteliositlar va tubulyar epiteliy hujayralari tomonidan yalligʻlanish mediatorlari (sitokinlar va xemokinlar) ishlab chiqilishini chaqiradi. Leykositlar, shu jumladan neytrofillar jarayonning dastlabki bosqichlarida shikastlanish o‘chogʻiga o‘tib, sitokinlar ajratib chiqaradi va buyrak to‘qimasining zararlanishini kuchaytiradi. Kanalchalar epiteliysi hujayralari sitoskeleti strukturasi buziladi, bu hujayralar ko‘chib tushib, keyinchalik nekrozga yoki apoptozga uchraydi. Kanalchalarning hujayralar, oqsil va hujayra silindrlari bilan tiqilib qolishi, shuningdek kapillyarlarning vazokonstriksiyasi koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) pasayishiga sabab bo‘ladi deb taxmin qilinadi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar