SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING OLIY TA'LIM TIZIMIDAGI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining oliy ta'lim tizimidagi didaktik imkoniyatlari tizimli ravishda tadqiq etiladi. Muallif sun'iy intellektni o'qituvchini almashtiruvchi vosita sifatida emas, balki ta'lim jarayonining didaktik funksiyalarini kuchaytiruvchi va kengaytiruvchi texnologik muhit sifatida talqin qiladi. Tadqiqotda sun'iy intellekt texnologiyalarining intellektual tyutorlik, moslashuvchan qayta aloqa, o'quv materiallarini yaratish, baholash va o'quv analitikasi kabi asosiy didaktik funksiyalari tasniflanadi. Ishda ushbu funksiyalarni o'quv jarayoniga integratsiyalashning uch darajali modeli ishlab chiqiladi, sun'iy intellektdan didaktik foydalanish tamoyillari asoslab beriladi hamda u bilan bog'liq xavfxatarlar – akademik halollik muammosi, aqliy mehnatning tashqi vositalarga ko'chirilishi va axborot ishonchliligi masalalari tahlil qilinadi. Xulosada sun'iy intellektning didaktik samaradorligi texnologiyaning o'zi bilan emas, balki undan pedagogik jihatdan asoslangan holda foydalanish bilan belgilanishi asoslab beriladi.