SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA FERMENTATIV FAOLLIKNING MAVSUMIY VA QATLAMLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Parkent, Qibray va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi, to‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z va o‘tloqi- allyuvial tuproqlarning sakkizta kesmasida katalaza, invertaza, ureaza, degidrogenaza, polifenoloksidaza va peroksidaza fermentlari faolligining mavsumiy (bahor, yoz, kuz) va qatlamlar (0–30 va 30–60 sm) bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilingan. 0–30 sm qatlamda kesmalar bo‘yicha o‘rtacha katalaza faolligi bahordagi 7,02 dan yozda 2,90 gacha kamayib, kuzda 5,66 gacha tiklandi; ureaza faolligi esa kuzda bahordagidan 2,19 baravar yuqori bo‘ldi (3,98 va 8,70). Degidrogenaza faolligining mavsumiy o‘zgarishi statistik jihatdan ishonarli emas (Fridman mezoni, P = 0,417) va asosan kesmaga bog‘liq bo‘ldi. 30–60 sm qatlamda faollik 0–30 sm qatlamdagiga nisbatan o‘rtacha 22–41 % past bo‘ldi. Integral fermentativ indeks o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda (6–8-kesmalar) eng yuqori (0,67), to‘q tusli bo‘z tuproqda (3-kesma) eng past (0,01) bo‘lib, gumus miqdori bilan kuchli bog‘liq edi (Spirmen ρ = 0,88; P < 0,01; n = 8). Natijalar sug‘oriladigan tuproqlarning biologik faolligini monitoring qilishda namuna olish muddati va tuproq qatlamini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.