YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISH SHAROITIDA "YASHIL" ISH OʻRINLARINI SHAKLLANTIRISH YOʻNALISHLARI
Annotatsiya
Maqolada yashil iqtisodiyotga oʻtish sharoitida Oʻzbekistonda "yashil" ish oʻrinlarini shakllantirish yoʻnalishlari tadqiq etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2020–2026-yillardagi rasmiy ma'lumotlari, shuningdek, IRENA va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hisobotlari asosida quyosh va shamol elektr stansiyalarining bandlik salohiyati xalqaro bandlik koeffitsiyentlari usuli yordamida baholangan. 2025-yilda ishga tushirilgan 2 165 MVt quyosh va shamol elektr quvvatlari qurilish-montaj bosqichida taxminan 20,8 ming kishi-yil bandlikni hamda 1,2 mingta doimiy ish oʻrnini ta'minlagani aniqlangan. 2026-yil sentabr holatiga koʻra, 2030-yilgacha 7 GVt quyosh va 12 GVt shamol elektr quvvatlarini ishga tushirish maqsadiga erishish mahalliylashtirish darajasiga qarab, 2026–2030-yillarda oʻrtacha yiliga 17–24 mingta toʻliq stavkali ish oʻrni yaratish imkonini berishi mumkinligi asoslangan. Bu koʻrsatkich ishsizlar sonining 2,3–3,2 foiziga teng. Shuningdek, yashil bandlikni energiya samaradorligi, yashil qurilish, chiqindilarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi va transport tarmoqlariga kengaytirish, yashil ish oʻrinlarini statistik hisobga olish hamda ushbu sohalar uchun malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.