UMUMTA’LIM MAKTAB DIREKTORLARINING LIDERLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI: MUAMMOLAR VA YECHIM YO‘NALISHLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada umumta’lim maktab direktorlarining liderlik kompetentligini rivojlantirishning amaldagi holati me’yoriy-huquqiy hujjatlar, direktor lavozim vazifalari va malaka oshirish dasturlari mazmunini tahlil qilish asosida o‘rganilgan. Liderlik kompetentligining besh komponenti (qadriyatli-vizioner, ta’limiy liderlik, jamoani rivojlantiruvchi-hamkorlik, o‘zgarishlar va innovatsiyalarni boshqarish, shaxsiy-refleksiv) bo‘yicha amaliyotdagi qamrov darajasi aniqlangan. Tahlil natijasida direktor faoliyatida ma’muriy-nazorat funksiyalarining ustunligi, malaka oshirishning qisqa muddatli va uzilishli xarakteri, liderlikni baholash vositalarining yetishmasligi kabi muammolar asoslangan, ularni hal etishning tizimli yo‘nalishlari taklif etilgan.
Hali tarjima qilinmagan