Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ZARAFSHON VOHASI CHAKANDAZORLARI (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ENTOMOFAUNASINING TAKSONOMIK TARKIBI

Dilshod MalikovKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Zarafshon vohasidagi chakandazorlar entomofaunasining taksonomik tarkibi va tuzilishi tahlil qilingan. Material 2022–2026-yillarda Zarafshon daryosi bo‘ylab 880–500 m balandlikda joylashgan 12 ta kuzatuv nuqtasida yig‘ildi. Jami 3768 ekzemplyar hasharot qayta ishlanib, 7 turkum, 25 oila va 32 avlodga mansub 41 ta takson aniqlandi. Taksonlar soni bo‘yicha Hemiptera (14), Lepidoptera (10) va Coleoptera (7) yetakchi, yig‘ilgan materialning 68,1% i Hemiptera va Coleoptera hissasiga to‘g‘ri keladi. Oilalarning 16 tasi bittadan takson bilan ifodalangan, 19 ta takson esa barcha nuqtalarda uchragan. Natijalar chakanda entomokompleksi asosan to‘qaydagi qo‘shni daraxt va butalardan o‘tgan polifag va oligofag turlar hisobiga shakllanganini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar