Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SHOH BAHROM OBRAZI NAVOIY TALQINIDA

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonidagi Shoh Bahrom obrazi shoirning tarixiy asari «Tarixi muluki Ajam»dagi ma’lumotlar bilan qiyoslab tahlil qilingan. Navoiy Bahromni ideallashtirmasdan, adolatli hukmdor va ishqqa berilib davlat ishini unutgan oshiq sifatida, ya’ni ichki ziddiyatli shaxs sifatida tasvirlagani asoslab berilgan. Obrazning g‘azab, pushaymonlik, sog‘inch va halokat bosqichlari, dostonning «yetti sayyor» hikoyalariga qurilgan kompozitsiyasi hamda shoirning o‘tmishdoshlarga munosabati ochib berilgan. Matn «Mukammal asarlar to‘plami» nashri asosida matniy-filologik va qiyosiy usullar bilan o‘rganilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar