Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KONCHILIK KORXONASI XODIMLARIDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA OILAVIY QONIQISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Shahnoza Umirovna TurobovaNavoiy davlat universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada konchilik korxonasi xodimlari oilalarida o‘zaro munosabatlar, er-xotin muloqoti, hissiy yaqinlik va oilaviy qoniqish ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Ish joyidan uyga qaytish tartibi, oiladan uzoq muddat ajralib turish, uy vazifalarini taqsimlashdagi qiyinchiliklar va bolalar tarbiyasida bevosita qatnashish imkoniyatining cheklanishi oilaviy hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi asoslanadi. „Navoiyuran“ davlat korxonasi xodimlari orasida o‘tkazilgan tadqiqotda qo‘llangan mualliflik so‘rovnomasi oilaviy muloqot, o‘zaro yordam, vaxta sharoitiga ko‘nikish, nizolar va oilaviy hayotdan qoniqish jihatlarini qamrab oladi. Natijalarni tahlil qilish yo‘nalishlari hamda oilaviy farovonlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Mehnat va oilaviy hayotni uyg‘unlashtirish zarurati ta’kidlanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar