AHOLINING TADBIRKORLIK FAOLLIGINI OSHIRISHDA DAVLAT QO'LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARINING AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholi tadbirkorlik faolligini oshirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining iqtisodiy mazmuni, zarurati va samaradorligi tadqiq etilgan. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati, kredit kafilligi, foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish, fiskal va institutsional rag‘batlar, infratuzilmaviy ta’minot, axborot-maslahat xizmatlari hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘rni tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Lex.uz, Jahon banki va OECD ma’lumotlari asosida kichik tadbirkorlikning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari baholangan. Tahlil natijalari O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari hamda ushbu sektorda band bo‘lgan aholi sonining o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bo‘yicha kuzatilayotgan o‘zgarishlar davlat ko‘magini faqat ajratilgan kreditlar yoki tashkil etilgan biznes subyektlari soni orqali emas, balki biznesning yashovchanligi, mehnat unumdorligi, yaratilgan qo‘shilgan qiymat, eksport va barqaror ish o‘rinlari kabi natijaviy ko‘rsatkichlar orqali baholash zarurligini ko‘rsatadi. Maqolada aholini tadbirkorlik salohiyati bo‘yicha segmentatsiya qilish, “kredit + bilim + bozor” integratsiyalashgan mexanizmini joriy etish va davlat qo‘llabquvvatlash dasturlari samaradorligini ekonometrik usullar orqali baholash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.