Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OLIY TA’LIMDA INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI METODIK TA’MINOTNI YARATISHNING XORIJIY TAJRIBASI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Xomidov Zohidjon Adhamjon o'g'liQo‘qon davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Maqolada oliy ta’limda informatika fanlarini o‘qitish uchun raqamli metodik ta’minot yaratishning xorijiy tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Germaniya va Qozog‘iston tajribasi tanlangan. Har bir davlat modeli to‘rt parametr bo‘yicha — ta’minotni ishlab chiqish subyekti, moliyalashtirish manbayi, litsenziya rejimi va yangilash mexanizmi bo‘yicha tavsiflanadi. Tahlil natijasida beshta zamonaviy tendensiya aniqlangan: ta’minotning modullashuvi, ochiq ta’lim resurslariga o‘tish, o‘quv analitikasining integratsiyasi, mikrokvalifikatsiyalarning tarqalishi va sun’iy intellekt vositalarining metodik ta’minotga kirib kelishi. Maqolada O‘zbekiston oliy ta’limi uchun uchta amaliy taklif shakllantirilgan: milliy repozitoriy yaratish, ta’minotni ikki qatlamga ajratish va yangilash tsiklini normativ tarzda belgilash.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba