Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QISHLOQ HUDUDLARIDA NORASMIY BANDLIK HISOBINI YURITISH VA STATISTIK-METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq hududlarida norasmiy bandlikni statistik hisobga olish, uning hududiy ko'lami va tarkibiy xususiyatlarini aniqlash hamda olingan natijalar asosida aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan dasturlar va loyihalarni shakllantirishning ilmiy-metodologik yondashuvi ishlab chiqilgan. Qishloq mehnat bozorining tarmoq tarkibi, mavsumiy bandlik, oilaviy mehnat munosabatlari, dehqon va tomorqa xo'jaliklaridagi iqtisodiy faoliyat hamda mehnat munosabatlarining turlicha rasmiylashtirilishi mavjud statistik hisob tizimiga qo'shimcha metodologik talablar qo'yishi asoslab berilgan. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan mehnat resurslari balansini shakllantirish, aholi bandligi va ishsizlikni hisoblash Metodikasi, Xalqaro mehnat tashkilotining norasmiy iqtisodiyot statistikasi bo'yicha standartlari, tanlanma kuzatuvlar nazariyasi hamda kichik hududlarni statistik baholash (Small Area Estimation - SAE) yondashuvlari o'zaro integratsiyalashtirilgan. Xususan, bevosita statistik baholash, Fay-Herriot modeli va ko'p darajali logistik modellar asosida qishloq tumanlari va mahallalar kesimida norasmiy bandlik ko'rsatkichlarini baholash algoritmi taklif etilgan. 2024-yil mehnat resurslari balansining 163 ta qishloq tumani bo'yicha ma'lumotlari tahliliga ko'ra, qishloq hududlarida 4,85 mln. kishi norasmiy sektorda band bo'lib, bu mamlakat ichidagi bandlarning 51,6 foiziga teng, shaharlarda esa ushbu ko'rsatkich 16,0 foizni tashkil etadi. Norasmiy bandlik darajasi tumanlar bo'yicha 12,4 foizdan 71,1 foizgacha farqlanadi. Shuningdek, norasmiy bandlikning statistik baholarini hududiy dasturlarni ishlab chiqish, maqsadli guruhlarni aniqlash, resurslarni taqsimlash va amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash bilan bog'lovchi boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba