Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA SURUNKALI TONZILLITNING KECHISH XUSUSIYATLARINI QIYOSIY MODELLASHTIRISH USULIDA TAHLIL QILISH

Alimova ShahnozaAbu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Otorinoloringologiya kafedrasi o'qituvchisi PhD,dotsentDiyorbek YuldoshmurodovAbu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Otorinoloringologiya kafedrasi magistranti
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Qandli diabet organizmning immunobiologik himoya mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatib, yuqumli kasalliklarning klinik kechishi va davolash samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. Surunkali tonzillitning qandli diabet bilan birgalikda kechishi bodomcha bezlardagi yallig‘lanish jarayonining davomiyligi, kasallikning qaytalanish chastotasi hamda asoratlar rivojlanishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda LOR a’zolari infeksiyalarining kechishida shartli-patogen mikroorganizmlarning o‘rni va glikemik nazorat darajasi bilan mikrobiologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqlik qayd etilgan.Mazkur tadqiqotda jami 100 nafar bemorga oid shartli klinik ma’lumotlar tahlil qilindi. Asosiy guruhni qandli diabet va surunkali tonzillit birgalikda tashxislangan 25 nafar bemor, taqqoslash guruhini esa qandli diabeti bo‘lmagan, surunkali tonzillit bilan kasallangan 50 nafar bemor tashkil etdi. Bemorlarning yoshi, jinsi, kasallikning klinik shakli, qaytalanish chastotasi va davolash samaradorligi bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazish ko‘zda tutildi. Antibakterial davolashni baholashda klinik ko‘rsatmalar va mikrobiologik tekshiruv natijalariga asoslanish nazarda tutildi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba