TARIXIY SHAHARLAR SHAKLLANISH OMILI: QIYOSIY TAHLIL
Annotatsiya
Maqolada o‘rta asrlarda shakllangan Qurdoba va Buxoro shaharlarining vujudga kelish omillari qiyosiy-tarixiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda har ikki shaharning shakllanishida muhim o‘rin tutgan aholi migratsiyasi, demografik rivojlanish, etnik tarkib, diniy e’tiqod, aholining xo‘jalik faoliyati hamda tarixiy-me’moriy qiyofasidagi o‘xshash va o‘ziga xos jihatlar o‘rganilgan. Shuningdek, tarixiy shaharlarning rivojlanishiga ta’sir etgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar qiyosiy tahlil qilinib, ularning urbanizatsiya jarayonlaridagi o‘rni yoritilgan. Tayanch iboralar: Qurdoba, Buxoro, tarixiy shahar, urbanizatsiya, aholi migratsiyasi, shaharsozlik, Buyuk Ipak yo‘li.