Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OLIY TA'LIM TIZIMIDA PEDAGOG KADRLARNI TANLASHDA KASBIY VA SHAXSIY SIFATLARNING AHAMIYATI

Tursinova Gulchiroy Mehmonjon qiziTashkent International University of Education
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta'lim tizimida pedagog kadrlarni tanlash jarayonida kasbiy va shaxsiy sifatlarning o'rni, ularning ta'lim sifati va pedagogik faoliyat samaradorligiga ta'siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilar tarkibini shakllantirishda mutaxassisning ilmiy salohiyati, kasbiy kompetentligi, pedagogik mahorati, kommunikativ qobiliyati, axloqiy fazilatlari va innovatsion faoliyatga tayyorligi muhim mezonlar sifatida yoritiladi. Oliy ta'lim muassasalarida pedagog kadrlarni tanlash mexanizmlarini takomillashtirish, baholash mezonlarining xolisligini ta'minlash, kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish va pedagogik faoliyat sifatini oshirishga doir ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba