LINGVISTIK KORPUSLARDA RAZMETKA TURLARI VA ULARNING TIL HODISALARINI TAHLIL QILISHDAGI AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada korpus lingvistikasida lingvistik va ekstralingvistik razmetkaning o‘rni, asosiy turlari hamda til hodisalarini avtomatlashtirilgan va statistik tahlil qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Matn komponentlarini maxsus teglar yordamida belgilashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, morfologik, semantik, sintaktik, anaforik, prosodik va diskursiv razmetkaning o‘ziga xos xususiyatlari izohlangan. Shuningdek, mazkur razmetka turlarining leksik, grammatik, semantik va pragmatik hodisalarni tadqiq etish, matnlararo munosabatlarni aniqlash hamda tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari asoslangan. Korpus ma’lumotlarining ishonchliligi va tadqiqot natijalarining aniqligi razmetkalash mezonlarining izchilligi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan.
Hali tarjima qilinmagan