O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA KAPITAL BOZORI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNI KENGAYTIRISH
Annotatsiya
Maqolada O'zbekistonda investitsiyalarni jalb etishda kapital bozori imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishning iqtisodiy va institutsional asoslari o'rganilgan. Korxonalar kapitalini aksiyalar orqali oshirish, korporativ obligatsiyalar chiqarish, xorijiy investorlarni jalb qilish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va davlat ishtirokidagi korxonalarni IPO/SPO jarayonlariga tayyorlash masalalari tahlil qilingan. Kapital bozori orqali investitsiyalarni jalb qilishning an'anaviy bank kreditlariga nisbatan imkoniyatlari, mavjud cheklovlari va rivojlanish yo'nalishlari yoritilgan. Tadqiqot natijasida investitsiyalarni jalb qilish manbalarini diversifikatsiya qilish, investorlar bazasini kengaytirish va bozorning institutsional jozibadorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, qimmatli qog'ozlar emissiyasining ayrim ko'rsatkichlari taqqoslanib, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarining tavsiya etiladigan tarkibi ishlab chiqilgan.